O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Navbatdagi Samarqandlik ziyoratchilar jo‘nab ketishdi

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

 «Ibn Abbos roziyallohu anhumo:

«Albatta, u (umra) uning (hajning) Allohning Kitobidagi dugonasidir. «Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting», dedi».

 Darhaqiqat, Alloh taolo Qur'oni Karimda umrani hajga qo‘shib zikr qilgan. Bu umraning qanchalar ulug‘ ibodat ekanligiga yorqin dalil bo‘la oladi. 

Alloh taolo haj va umrani tugal ado etishga buyurib:

«Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting», degan.

Umra esa lug‘atda «ziyorat» va «obodlik» ma'nolarini bildiradi. Islom shariatida esa Baytullohni tavof qilib, Safo bilan Marva o‘rtasida sa'y qilib bajariladigan maxsus ziyoratga aytiladi.

Ushbu oyatda Alloh taolo haj va umraning farzlarini, shartlarini tugal, benuqson qilib, Alloh uchun ado etishga amr qilmoqda.

Shu bilan birga, unda haj yoki umrani niyat qilib, ibodatni boshlasangiz, oxiriga yetkazing, degan ma'no ham bor. Bu ilohiy amrga binoan, haj yoki umrani niyat qilib, ehromga kirgan har bir musulmon uni oxirigacha mukammal ado etishga urinadi. 

Shu amallarni niyat qilgan holda 30 dekabr dushanba kuni Umra ibodatini ado etish uchun otlangan  Samarqandlik 244 nafar ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishdi.
Safar oldidan Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddin  domla Islomov tomonidan ziyoratchilarga Umraning mazmun-mohiyati, shartlari hamda ado qilish tartib va odoblari to‘g‘risida zarur ma'lumotlar berildi.

 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/12/2019 12:47;   Ko‘rilganligi: 895
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/navbatdagi-samarqandlik-ziyoratchilar-jonab-ketishdi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 02:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing