O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Narpay tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 

 
 

Bugun, 2025 yil 8 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

Mazkur tadbirlardan so‘ng, Xayrullo domla Narpay  tumani bosh imom-xatibi Isroil domla Amirillayev hamrohligida tuman markazidagi “Naqshbandiy” jome masjidi hududidagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.
Shundan so‘ng, Xayrullo domla markaziy masjidning hozirda qurilishi davom etayotgan binosi va olib borilayotgan bunnyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda o‘zining kerakli ko‘rsatma va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarmida tahliliy yig‘ilish o‘tkazilib, Narpay tumanidagi masjidlarni o‘rganish jarayonidagi xulosalar muhokama qilindi va rahbarlar tomonidan soha xodimlariga zarur topshiriq hamda ko‘rsatmalar berib o‘tildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 08/07/2025 20:21;   Ko‘rilganligi: 106
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/narpay-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing