Muslima ayol hokim bo‘ldi
AQSH Massachusets shtatining Kemridj shahri hokimligiga ilk bor muslima ayol saylandi, deb yozadi islam.ru sayti.
31 yoshli Sumbul Siddiqi – Pokistonda tug‘ilgan, bolaligida ota-onasi bilan AQSHga ko‘chib kelgan. U Braun universitetini davlat boshqaruvi mutaxasisligi bo‘yicha tugatgan. Shuningdek, Pritsker huquqshunoslik maktabida o‘qib, yurist diplomini olgan.
Muslima-siyosatchining e'tirof etishicha, uning manziliga dinga oid ko‘plab islomofobik xabar va haqoratlar kelib turadi. Ammo bu uning ishlashiga xalaqit qilmaydi, balki jamiyatda islomofobiyaga qarshi sidqidildan faol kurashishiga rag‘bat beradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 14/01/2020 16:34; Ko‘rilganligi: 1139
Chop etilgan vaqti: 08/02/2025 02:06