MURUVVAT UYIDA BAYRAM (ANANA DAVOM ETADI)
Xalqimiz suyib nishonlaydigan har bir bayram borki, ushbu bayramlar Urgut tumanidagi “Muruvvat uyi”da alohida xursandchilik bilan kutib olinadi. Sababi, Urgut tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev bayramlar arafasida tumandagi saxovatpeshalarni jalb qilgan holda muruvvat uyida istiqomat qilayotganlarga bayram ziyofati tashkil etishni ananaga aylantirgan.
16 avgust kuni muborak Qurbon hayiti hamda Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan homiylar ko‘magida “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyida yashab, davolanib kelayotgan 450 nafar 1 va 2-guruh nogironlariga bayram ziyofati tashkil etildi.
To‘kin dasturxon atrofida yig‘ilgan ko‘makka muhtojlarning xursandchilik ila boqqan nigohlaridan ularning qanchalik mamnunligini bilish mumkin edi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 18/08/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1871
Chop etilgan vaqti: 07/12/2024 23:45