MUHAMMAD NAQIBBEK JOME MASJIDIDA TAROVEH SHUKUHI
Kattaqo‘rg‘on shahridagi qadimiy va bugungi kunda ham haybat, tarovatini yo‘qotmagan Muhammad Naqibbek jome masjidi Ramazon oyining farahbaxsh kechalarida yanada serfayz bo‘lib ketdi. Masjid o‘zgacha go‘zallik bilan to‘lib toshgan. Ramazonning shukuhi, tarovehning tarovati, xatmi qur’onlarning fayzi va barokatini masjidga tashrif buyurgan namozxonlarning yuzidan sezib olish qiyin emas edi.
Qorilarimizning tilovatlari barchaning qalbiga iliqlik bag‘ishladi. Masjid imom-xatibi Anvar Nazarov barchani Ramazoni sharif bilan qutlab, muborak oyga yetkazgani uchun Allohga shukronalar aytib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini so‘rab ezgu duolar qilib kelmoqdi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 14/06/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 4278
Chop etilgan vaqti: 11/12/2024 23:40