O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari va Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Iroqdan qaytarilgan bolalar holidan xabar oldi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yurtimizning bir qator hududlarida bo‘lib, sohaga tegishli vaziflarning ijrosi, diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishib, imom-xatiblar bilan suhbatlashmoqda.  Shuningdek, safarlar davomida aholi vakillari bilan uchrashuvlar, turli xayriya va saxovat tadbirlari ham tashkil etilmoqda.

Bugun, 11 dekabr kuni muftiy hazratlari Usmonxon Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyatiga tashriflarini boshladilar. Dastlabki manzil “Mehr 2”insonparvalik operatsiyasi orqali vatanga qaytarilgan bolalar bilan uchrashuv bo‘ldi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan, shu yilning 30 may kuni 156 nafar, 10 oktyabr kuni “Mehr-2” nomli insonparvarlik operatsiyasi doirasida yurtimizga 64 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarilgan edi. Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratilib, boshpana va ish bilan ta'minlash choralari ko‘rilgan.

Kattaqo‘rg‘on tumanidan ketgan oilaning 6 nafar farzandlari ham O‘zbekistonga qaytarilgan edi. Muftiy hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Kattaqo‘rg‘on tumanining Tarnav mahallasida yashayotgan o‘sha bolalar yashayotgan xonadonda bo‘ldilar. Ularning yashash sharoitlari bilan tanishib, kelajakda salohiyatli, yurtiga, dini va jamiyatga manfaati tegadigan barkamol farzandlar bo‘lib yetishishlari uchun muftiy hazratlari ularning haqlariga duo qildilar. Shundan so‘ng bolalarga kitob, o‘quv anjomlari, qishki issiq kiym, elektr isitish pechi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda har xil turdagi sovg‘a-salomlar hadya qilindi.

Qaratilgan e'tibor, mehr va muruvvatdan farzandlar, ularning bobo va momolari hamda mahalla ahli behad minnatdor bo‘lib, ko‘zlarida yosh bilan Prezidentimiz hamda boshqa vakillarning xususan, Din ishlar bo‘yicha qo‘mita hamda musulmonlar idorasi rahbariyati, viloyat va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi, "Vaqf" xayriya jamg‘armasi, Samarqand viloyat vakilli rahbarlarining haqlariga duo qildilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/12/2019 16:12;   Ko‘rilganligi: 986
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-va-din-ishlar-boyicha-qomita-raisi-iroqdan-qaytarilgan-bolalar-holidan-xabar-oldi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 00:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing