O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari Asaka shahridagi "Xolid ibn Valid" jome masjidiga 18 dekabr kuni peshin namoziga tashrif buyuradilar

 
 

 Ertaga, 18 dekabr kuni muftiy Nuriddin domla hazratlari Andijon viloyati Asaka shahridagi "Xolid ibn Valid" jome masjidida peshin namozini ado etib, mav'iza qilib beradilar.

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari vodiy viloyatlarida bo‘lib turibdilar.

Muftiy hazrat tashriflari davomida 16 dekabr kuni Namangan shahridagi innovatsion shaklda qurilgan “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidiga peshin namozi, Qo‘qon shahrida 17 dekabr yangi qurilgan “Hazrati Abbos” jomesiga juma namoziga tashrif buyurib, minglab mo‘min-musulmonlarga bugungi kunning muhim mavzularida qalblarga rohat beradigan mav'izalar qilib berdilar. Shuningdek, tashrif asnosida imom-xatiblar, soha xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.

 Ayni vaqtda muftiy hazratning Farg‘ona viloyatiga tashriflari yakunlanib, Andijon viloyatiga yo‘l oldilar.

Muftiy hazratning tashrif va suhbatlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/12/2021 22:07;   Ko‘rilganligi: 729
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-asaka-shahridagi-xolid-ibn-valid-jome-masjidiga-18-dekabr-kuni-peshin-namoziga-tashrif-buyuradilar
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 07:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing