O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazrat Samarqand viloyati masjidlarida

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohligida joylardagi masjidlarning holati, namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda imom xatib va namozxonlar bilan uchrashish maqsadida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga 28 mart kuni tashrif buyurdilar. Muftiy hazratlari tashrif chog‘ida tumandagi “Xo‘ja Abdurahmon” jome masjidida bo‘lib, masjidda namozxonlar uchun yaratilgan sharoit, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda masjid kutubxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Shundan so‘ng Kattaqo‘rg‘on tuman va shahar bosh imom xatiblari hamda “Xo‘ja Abdurahmon” jome masjidi imom xatibi bilan suhbatlashdilar. Tumandagi masjidlarning holati, kamchilik yoki muammolari va takliflar bo‘yicha fikr almashdilar. Muftiy hazratlarining hudular bo‘ylab safari davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 805
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazrat-samarqand-viloyati-masjidlarida
Chop etilgan vaqti: 17/06/2021 00:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing