O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazrat Qo‘qon shahridagi “Hazrati Abbos” jomesida juma namozida ishtirok etadilar

 
 

Qo‘qon shahri o‘zining muazzam va muhtasham obidalari bilan mashhur. Uning bag‘rida olimu fozillar, shoirlar, me'mor ustalar, qo‘li gul hunarmandlar ulg‘ayib, yetti iqlimga dong taratgani qadimiy manbalardan ma'lum.

Yangitdan qurib bitkazilgan “Hazrati Abbos” jome masjidi ham shaharga o‘zgacha tarovat baxsh etmoqda.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlarining Namangan viloyatiga tashriflari boshlangan edi. Ayni vaqtda muftiy hazratning Namangan viloyatiga tashriflari yakunlanib, Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdilar.

Ertaga, 17 dekabar kuni muftiy Nuriddin domla hazratlari Qo‘qon shahridagi “Hazrati Abbos” jome masjidida juma namozini ado etib, mav'iza qilib beradilar.

Muftiy hazratning tashriflari va suhbatlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/12/2021 07:41;   Ko‘rilganligi: 1211
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazrat-qoqon-shahridagi-hazrati-abbos-jomesida-juma-namozida-ishtirok-etadilar
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 11:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing