O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazrat Namangandagi Hi-Tech uslubida qurilgan “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidiga tashrif buyuradilar

 
 

Ertaga, 16 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida Namangan shahridagi yangi innovatsion shaklda qurilgan “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidiga peshin namozi vaqtida tashrif buyuradilar.

Muftiy hazratlari 15 ming namozxonni sig‘dira oladigan "Yusufxon o‘g‘li Qosimxon" jome masjidida minglab namozxonlar bilan peshin namozini birga ado etib, mav'iza qilib beradilar.

Ma'lumot uchun, "Yusufxon o‘g‘li Qosimxon" jome masjidi Namangan shahridagi "Afsonalar vodiysi" istirohat bog‘i atrofida qad rostlagan.

Noodatiy loyiha asosida bunyod etilgan ushbu masjidda bir vaqtning o‘zida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Xonaqohning o‘ziga 4,5 ming kishi sig‘adi.

Shuningdek, bir vaqtning o‘zida 100 kishiga xizmat qiladigan tahoratxona ham bor bo‘lib, zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan.

20 ming kvadrat metr joyda qad rostlagan masjidning umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Shundan 2 gektari 700 o‘rinli avtoturargoh uchun mo‘ljallangan.

Muftiy hazratning tashriflari va suhbatlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/12/2021 21:31;   Ko‘rilganligi: 642
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazrat-namangandagi-hi-tech-uslubida-qurilgan-yusufxon-ogli-qosimxon-masjidiga-tashrif-buyuradilar
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 12:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing