Mirzaqosim domla Saidmirzayev “Arab tili bilimdoni – 2021” tanlovi g‘olibi!
Bugun, 11 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasida imom-xatiblar o‘rtasida “Arab tili bilimdoni – 2021” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi, Qur'on karim tilovati bilan boshlandi.
Tanlovni O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xodimi Abduqayyum domla Ismoilov olib bordi.
Qizg‘in bahsga boy bo‘lgan tanlov natijalarini hakamlar hay'ati baholab bordi. Unga ko‘ra quyidagi imom-xatiblar tanlov g‘oliblari deb topildi:
1-o‘rin – Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi "Toshmozor" masjidi imom-xatibi Mirzaqosim domla Saidmirzayev;
2-o‘rin – Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi "Eshonxo‘ja ota" masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja domla Bahramov;
3-o‘rin – Andijon viloyati Andijon shahridagi "Bobo-Tavakkul" masjidi imom-xatibi Nodirbek domla Kenjayev.
Tanlov g‘oliblariga diplom va sovrinlar, qolgan ishtirokchilarga ham estalik sovg‘alar topshirildi.
Tanlov g‘olib va ishtirokchilariga “Vaqf” fondi, “Shamsuddinxon Boboxonov” NMIU va “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidining sovg‘alari topshirildi.
Barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 11/11/2021 13:16; Ko‘rilganligi: 1049
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:05