Men ovoz beraman loyiq insonga
Bugun, 24 oktyaabr kuni ertalab soat 08:00dan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalarida partyalar tomonidan prezidentlikga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun ovoz berish boshlandi.
Saylov uchastkalari va saylov okruglarida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi, komissiya a'zolari, deputatlikka nomzodlarning kuzatuvchilari, xolislar guvohligida saylov qutilari muhri ochildi. Ushbu tadbir boshlanishida imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar el-yurt tinchligi, farovonligi, manfaati yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, imkonimiz doirasidagi yaxshi ishlarni amalga oshirib, ikki dunyo yaxshiligiga erishishimizni nasib aylashini Yaratgandan so‘rab duolar qildilar.
Barcha yurtdoshlarmiz qatori Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va diniy soha xodimlari ham ota-onalari, farzandlari, oilasi bilan saylov uchastkalariga tashrif buyurib, yurt kelajagi, xalq ravnaqi yo‘lida o‘zlari munosib topgan nomzodlarga ovoz bermoqdalar.
Saylovlarda faol qatnashib, o‘z Yurtimiz va millatimiz taqdiriga e'tiborli bo‘lishimiz musulmonlikning go‘zal namunasidir!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/10/2021 10:51; Ko‘rilganligi: 1100
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:17