"Mehr-muruvvat karvoni" Xorazmda
Kecha 2018 yil 4 noyabr kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan “Mehr-muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri doirasidagi oziq ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari va diniy-ma’rifiy adabiyotlar Xorazm viloyatidagi o‘ksik qalblarga quvonch ulashish maqsadida Urganch shahriga yetib keldi.
Urganch shahridagi “Qutlug‘ qadam” shodiyonalar uyida Xorazm viloyatidagi kam taminlangan 100 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 15 nafar shaxsga nogironlik aravachasi, Urganch shahar “Imom Faxriddin ar-Roziy” islom bilim yurtida ta’lim olayotgan barcha talabalarga issiq kiyim-kechaklar ulashdi va ushbu bilim yurtining ikki nafar talabasining shartnoma pulini to‘lab berdi.
Shuningdek, Xorazm viloyatidagi 4 ta xonadonni ta’mirlab berish rejalashtirildi va 50 nafar masjid imom-xatiblariga diniy-ma’rifiy kitoblar berildi.
Shuningdek tadbir so‘ngida O‘MI Xorazm viloyati vakilligi va homiylar tomonidan tadbirda ishtirok etgan yordamga muhtoj oilalar va nogironlarga xayriya dasturxoni yozilib osh tortildi.
Manba: "muslim.uz"
Kiritilgan vaqti: 05/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1754
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 12:57