O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Masjidlarda Ramazonga tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi

 
 

Bugun 8 mart kuni Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov va shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov hamda mutasaddilar birga Samarqand shahridagi jome masjidlarda Ramazon oyiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdilar.

Tashrif davomida masjidlarda mo‘min-musulmonlar ibodat qilishi uchun yetarli shart-sharoitlarni hozirlashga alohida e'tibor qaratilib, binolardagi texnik holatni yaxshilash, xavfsizlik qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini ta'minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/03/2024 17:16;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/masjidlarda-ramazonga-tayyorgarlik-ishlari-bilan-tanishildi
Chop etilgan vaqti: 30/04/2024 06:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing