O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MA’RIFIY TADBIR

 
 

Joriy yilning 17 sentyabr kuni Samarqand shahar “Kamolot” MFY hududida joylashgan 13-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlar iidorasi Samarqand viloyati vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova, Samarqand shahar otinoyilari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir maktab o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi badiiy kompazitsiya namoyishi bilan boshlandi. So‘zga chiquvchilar ham istiqlol yillari amalga oshirilagan ishlar, bu ishlar zamirida yotuvchi mehnatu-mashaqqatlar, fidoiy insonlarning fidokorona mehnatlari yotganini ta’kidladilar. Xususan, davlatimiz birinchi prezidenti Islom Karimovning istiqlolga erishishimiz va qo‘lga kiritgan yutuqlarimizdagi ulkan hissalari, tinchlik va taraqqiyotimiz asosini mustahkamlab berganlari alohida zikr etib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida maktabning a’lochi va iste’dodli o‘quvchilariga otinoyilar tomonidan tayyorlangan savg‘alar topshirildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/09/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2340
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/marifiy-tadbir
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing