O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mahallalarda ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma'rifat, axloq-odob, o‘zbekona an'analarni aholi orasida targ‘ib qilish mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

 
 

Mahallalarda ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma'rifat, axloq-odob, o‘zbekona an'analarni aholi orasida targ‘ib qilish mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tuman hokimligida o‘tgan tadbirda mahalla maslahatchilari, imom xatiblar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Davra suhbatida viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Dilshod Mamatqulov, Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi mutasaddisi Xayrulloxon Sattorov hamda tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqdi.
Tadbir davomida oilalarda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish kabi masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘MI SAMARQAND VILOYAT VAKILLIGI MATBUOT XIZMATI


Kiritilgan vaqti: 21/08/2020 15:42;   Ko‘rilganligi: 826
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/mahallalarda-manaviy-muhitni-soglomlashtirish-diniy-marifat-axloq-odob-ozbekona-ananalarni-aholi-orasida-targib-qilish-mavzuida-davra-suhbati-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 05:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing