O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Madinada birinchi o‘zbek restorani ochildi

 
 

Saudiya Arabistonining Madina shahrida «Al-Urz va al-Kabab» nomli birinchi o‘zbek tamaddixonasi ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Restoran Saudiya Arabistoni aholisi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar uchun o‘zbek milliy taomlari, xalqimiz an'analari va madaniyati bilan yaqindan tanishish nuqtasiga aylanadi.

E'tiborlisi, bu yerda mijozlarga taklif etilayotgan taomlar milliy uslubda ishlagan idishlarga taqdim etilyapti. Restoranning barcha burchaklari maxsus monitorlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda xorijlik mehmonlarga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shaharlari, urf-odatlari, sayyohlik salohiyati haqidagi videoroliklar namoyish qilinmoqda.

Mazkur majmua Saudiya Arabistonidagi vatandoshlarimiz Abror Akmalov va taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy tomonidan tashkil etildi.

Ularning aytishicha, ushbu restoran o‘z mijozlari sonin kengaytirganidan keyin, Jidda va Makkada filial ochish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulligi xodimlari tadbirkorlarga restoranni targ‘ibot materiallari bilan ta'minlashga yordam bermoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/02/2024 15:16;   Ko‘rilganligi: 179
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/madinada-birinchi-ozbek-restorani-ochildi
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 03:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing