KUN SARHISOBI
22 noyabr, payshanba. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi va viloyat imom-xatiblari tomonidan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan:
Shahar va tumanlarda barcha imom xatiblar ishtirokida “ma’naviyat soat”lari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotalarda Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari tomonidan “Diniy ekstremizm va terrorizmni jamiyat uchun xavfi” haqida ma’ruza qilindi.
****
Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Payariq tumani 49 nafar otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish” mavzusida tashkil etilayotgan suhbatlar noyabr oyining birinchi sanasidan buyon davom etmoqda. Ayol-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirib borish va uni daomiy ta’minlash ishlarida otinoyilar faollikka chaqirilmoqda.
***
Samarqand shahar “Murod Avliyo” jome masjidi imom xatibi Husenov Fahriddin masjid atrofida joylashgan mahallalardagi kam ta’minlangan, yolg‘iz keksalar va bemor insonlar holidan xabar olib, oziq-ovqat maxsulotlaridan iborat sovg‘a-salomlar ulashdi.
***
Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom xatibi Abdumannonov Nursulton Samarqand shahridagi tayanch tibbiyot kollejida “Yoshlarni yot g‘olardan asrash” mavzusida kollej talabalari va o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 22/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1748
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 16:58