O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kimki boshqalarga marhamatli bo‘lmas ekan

 
 

Marhamat (rahmdillik) ham go‘zal axloqqa kiradi. Marhamat degani, boshqalarga achinish tuyg‘usidir. Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyuradilarki:

من لا يرحم لا يرحم (راموز الاحاديث: 12/446)

«, u ham marhamat ko‘rmaydi». Ya'ni Allohning marhamati va rahmatiga erishmaydi, balki Uning balosi va jazosini tortadi. Demakki, inson rahmdil, marhamatli bo‘lishi kerak!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflarining asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning tushunarli bo‘lishligidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har qanday odam tushuna oladigan shaklda, eng go‘zal va chuqur haqiqatlarni oson tushuntiradilar. Ba'zan o‘xshatishlar qo‘llab, ba'-zan voqealar hikoya qiladilar.

Marhamat qiladilarki:

«Bir axloqi yomon ayol bor edi. Cho‘lda ketayotib, chanqadi. Bir quduqqa yetdi. Ehtiyot bo‘lib, quduqqa tushib suv ichdi, chanqog‘i bosildi. Tashqariga chiqib ko‘rdiki, bir it rosa chanqaganidan tili osilib qolgan; issiqdan yurishga holu madori qolmagan edi. Yuragi achidi. «Bu ham men kabi chanqagan ekan. Quyosh nurida, issiqdan majoli qolmabdi, holdan toyibdi. Shunga suv berayin» - deb, tiqilib-suqilib yana quduqqa tushibdi. U payt chelak, arqon bo‘lmagan. Oyoq kiyimiga suv to‘ldirib yuqoriga chiqibdi va shu taxlit itga suv beribdi... Ayolning bu ishi Allohning mag‘firatiga, avf etishiga, jannatga kirishiga sabab bo‘ldi» - deyiladi hadisda.

Yana bir ibratli hikoya: Bir ayol mushuk tufayli g‘azablandi. Kim biladi, balki tirmalagandir, balki idishidagi ovqatini yeb qo‘ygandir. Uyini iflos qilganmi yoki biror narsani yirtganmi, ishqilib, mushuk tabiatiga xos bir ish qilgan. Ayol bu mushukni qamab, ovqat ham bermagan, qo‘yib ham yubormagan. Natijada mushuk qamalgan joyida o‘ldi. Bunday shafqatsizligi tufayli, Alloh u ayolni jahannamga soldi» deya, marhamat qiladilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Demak, marhamat, rahm insonni Allohning rahmat va roziligiga yetkazsa, shafqatsizlik, berahmlik uni Allohning g‘azabiga, jazosiga mubtalo qiladi.

 

"Islom va axloq" kitobidan oldindi


Kiritilgan vaqti: 03/02/2021 10:31;   Ko‘rilganligi: 1171
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/kimki-boshqalarga-marhamatli-bolmas-ekan
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing