O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

 
 

Bugun, ertalabdan Kattaqo‘rg‘on tumanida sayyor yig‘ilish boshlangani haqida xabar qilgan edik.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida viloyatning shahar va tuman bosh imom-xatiblari, iqtidorli imom-xatiblar va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 ta masjid imom-xatiblari hamda 31 nafar xoji otalar tumandagi “Qalandarxona” jome masjidida yig‘ildilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad insonga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularga yanada yaqin bo‘lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etishda ko‘makdosh bo‘lish edi.

Shundan so‘ng, imom-xatiblar taqsimot asosida joylarga tarqalib, 39 ta mahallalarda istiqomat qilayotgan 155 dan ziyod xonadonlarga tashrif buyudilar. Tashrif chog‘ida kam ta'minlangan fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi, nizoli va muammoli oilalarga holatlari mahalla ishtirokida bartaraf etildi hamda ular bilan ma'rifiy suhbatlar o‘tkazildi.

Qolaversa, ushbu hududda faoliyat olib borayotgan mahalla mullalari va otinoyilar bilan ham uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligi hamda bir qancha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tumanga tashrif buyurgan imom-xatiblar joylardagi 31 ta masjidlarda peshin namozini jamoat bilan ado etgach, namoz so‘ngida diniy ma'rifiy suhbatlar qilib berdilar.

Alloh taolo bu xayrli ishlarni bardavom va manfaatli qilsin.



 

 

 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/02/2024 20:35;   Ko‘rilganligi: 212
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/kattaqorgon-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 21:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing