O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2022 yil 08 iyun kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 31 ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblariva 15 nafar iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 31 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 31 ta. Shundan 12 tasidamuammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 130 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 19 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 9 ta. Shundan 6 ta oiladagi kelishmovchiliklar isloh qilindi. 3 nafari o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 5 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Bularning barchasi qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 2 ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • JIEMda, qidiruvda bo‘lgan va IHM bo‘lgan jami 35 nafar fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ular va oila a'zolari bilan suhbat o‘tkazildi. Shundan Ularning barchasiYurtboshimizning olib borayotgan islohotlaridan g‘oyat mamnun ekanliklarini aytib o‘tdi;
  • Uzoq muddatga xorijga borib kelgan 6 nafar shaxslar bilan hamda xozirda xorijda yurganlarning 4 nafarining oila a'zolari bilan uchrashib, ularga zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shularning barchasi mutaassib fikrda emasligi ma'lum bo‘ldi.
  • Uyushmagan yoshlar bilan 31 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 400 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 31 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 3000 nafardan ortiq namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 28 mln so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qalandarxon” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilar bilan faoliyatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, mazkur masjidda jamoatga Peshin namozini o‘qib berdilar va namozdan so‘ng jamoatga bugungi kundagi dolzarb masalalar yuzasidan mazmunli ma'ruza qilib berdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 08/06/2022 20:06;   Ko‘rilganligi: 395
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/kattaqorgon-tumanida-aholi-bilan-muloqotlar-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 20:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing