O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Juma tashrifi 08.03.2024 y

 
 

Muborak Ramazon oyini dunyodagi barcha musulmonlar sog‘inch va katta tayyorgarlik bilan kutib olishadi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, U Zotning sahobalari, tobeinlar va solih insonlar Ramazon oyiga katta e'tibor berib, bu oy kelganida nihoyatda xursand bo‘lishgan. Chunki, bu muborak oyda Alloh taolo biz mo‘min-musulmonlarga juda katta savoblar olish va gunohlardan forig‘ bo‘lish imkoniyatlarini bergan.
Yaqin kunlarda oylarning sultoni, muborak Ramazoni sharif kirib kelmoqda.

Mana shunday Sha'bon oyining oxirgi kunlarida ta'mirlanib, ibodat uchun yangi binolarni foydalanishga topshirish hamda juma namozini o‘qib berish uchun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Samarqand shahridagi "Obi Rahmat" jome masjidiga, Xayrulloh domla Urgut tumanidagi “G‘o‘s” jome masjidiga tashrif buyurdilar.

Mazkur jomelarda Juma namozidan oldin "RAMAZON – OYLAR SULTONI!" mavzusida mo‘min-musulmonlarga ma'ruza qilib berdilar.

Shundan so‘ng, juma namozini jamoat bilan birga ado etdilar.

Shuningdek, imom-xatiblarimiz taqsimot asosida hududlardagi masjidlarga tashrif buyurdilar. Juma namozi asnosida mo‘min-musulmonlarga "RAMAZON – OYLAR SULTONI!" mavzusi asosida mazmunli ma'ruza qilib berdilar hamda jamoat bilan birga Juma namozini ado qildilar.

Alloh taolo viloyatimizga tashrif buyurgan ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!


Kiritilgan vaqti: 09/03/2024 17:20;   Ko‘rilganligi: 85
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/juma-tashrifi-08032024-y
Chop etilgan vaqti: 30/04/2024 07:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing