O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Juma – gunohlarga mag‘firat

 
 

Salmoni Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni g‘usl qilib, iloji boricha poklanib, o‘z moyidan, uyidagi xushbo‘ylardan surtib, so‘ngra chiqib, ikki kishining orasini yormay (joy topib) o‘ziga bitilgan namozni o‘qisa va imom gapirganda jim turib, quloq solsa, albatta, uning o‘tgan jumadan bungacha bo‘lgan narsalari mag‘firat qilinadi», dedilar».

Abu Hurayra:
«Uch kun ziyodasi bilan. Chunki har bir yaxshilik o‘n mislga ko‘paytirilur», dedi».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Abu Dovudning lafzida:
«Kim juma kuni g‘usl qilib, eng yaxshi liboslaridan kiysa, agar xushbo‘y narsasi bo‘lsa, undan surtsa, so‘ngra jumaga borib, odamlarning yelkasidan hatlab o‘tmasa, keyin o‘ziga bitilgan namozni o‘qisa, imomi chiqsa, u namozidan forig‘ bo‘lguncha quloq ossa, bu (juma) bilan undan oldingi juma orasidagi narsaga kafforot bo‘ladi», deyilgan.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Alloh taolo juma kunida hech bir musulmonning gunohini kechirmay qo‘ymaydi».
Tabaroniy rivoyat qilgan.

O‘MI matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/08/2020 08:29;   Ko‘rilganligi: 666
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/juma-gunohlarga-magfirat
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 20:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing