O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Joylarda imom-xatiblar bilan ochiq muloqot va samimiy suhbat tashkil etildi

 
 

Joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand shahar, Samarqand tuman imom-xatiblari va imom-noiblari bilan viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov hamda o‘rinbosarlari X.Sattarov, Yo.Mansurovlar “IMOM MOTURIDIY ADASHMAGAN” mavzusida ochiq muloqot tarzida uchrashuv  o‘tkazdi.

Z.Eshonqulov o‘z so‘zida keyingi paytda yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e'tiborning ortgani, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar hamda dolzarb vazifalarga alohida to‘xtalib bevosita mavzu yuzasidan ma'lumotlar taqdim etib o‘tdi.

Hususan, O‘zbekiston azaldan ko‘p millatli va turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashab kelgan yurt ekani, ajdodlarimiz har doim shu yurtda birga yashagan boshqa din vakillariga hurmat va bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishgani, ularning Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda o‘z aksini topib kelayotgani haqida to‘xtaldi.

Ayni damda ommaviy axborot vositalarida Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Go‘yoki haqiqiy “Islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar yuzaga kelgani, ularga o‘z navbatida munosib raddiyalar berib borish lozimligi takidlandi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”, deya ko‘p ta'kidlashlari bejizga emasligi, buning zamirini chuqur anglab yetish kerakligi tavsiya etildi.

Shunday vaziyatda imom-xatiblarning xizmatlari beqiyos. Chunonchi, ular yurtimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar mohiyatini alohida,  xususan, bilib-bilmay adashib turli oqimlar ta'siriga tushib qolgan yoshlarga aniq misollar asosida tushuntirib berishi lozim.

Tashkil etilgan ochiq muloqot va samimiy suhbatdan ishtirokchilar o‘zlariga ko‘plab ijobiy taassurotlar oldilar. 

Yuqorida aytib o‘tilgan masalalar yuzasidan kunning ikkinchi yarmida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov Jomboy va Bulung‘ur tumanida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va noiblar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/02/2021 18:11;   Ko‘rilganligi: 1079
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/joylarda-imom-xatiblar-bilan-ochiq-muloqot-va-samimiy-suhbat-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing