O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Iymon keltirib solih amal qilganlar

 
 

Alloh taolo iymon keltirib solih amallarni qilganlarga oxirat saodatini, bitmas tuganmas ne'matlar, mag‘firat va kenglikni va'da qildi. Qur'oni karimda ushbu ne'matlar va'da qilingan insonlarning sifatlarini o‘rganib chiqsangiz, ularni iymon va solih amaldan iborat ekanini ko‘rasiz. Kahf surasi 107-oyatda Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi:

“Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog‘lari manzil bo‘lur“.

Uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan fuqaro Aliyev Sergey Muzafarovichga hokimiyat tomonidan Samarqand shahridagi iqtisodiyot va servis kollejiga qarashli talabalar uyidan  6x8 m. hajmli xona yashash uchun ajratib berilgan edi. Vaqf xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali tomonidan ana o‘sha xona uchun gilam palas va ko‘rpachalar  olib berildi. Xonaning boshqa jihozlari filialga qarashli ziyortagohlar tomonidan olib berish ishlari davom etmoqda.

Alloh taolo sadaqa ila bandasidan aziyatni ketkazish bilan birga, nochor miskinlarning ham hojati ravo bo‘lishidan rozi bo‘ladi. Sadaqalar bandani juda yuksak maqomlarga ko‘taradi. Inson har kun ozginadan solih amal qilib borsa, Hisob kunida albatta uning maqomini ko‘radi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/11/2019 12:49;   Ko‘rilganligi: 1915
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/iymon-keltirib-solih-amal-qilganlar
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 22:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing