O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Islom dini ayolni oliy martabaga ko‘tardi

 
 

Moziyga nazar soladigan bo‘lsak, johiliyat davrida ayolga bo‘lgan munosabat nihoyat darajada ayanchli edi. Dunyoning barcha yerida ayol zoti kamsitilgan, xo‘rlangan, qul sifatida sotilgan, sotib olingan, ularning hech qanday moddiy va ma'naviy huquqi bo‘lmagan. Hatto tug‘ilgan qiz bola chaqaloqlar tiriklay ko‘mib yuborilgan

Islom dini esa ayolning sharafi, izzati va iffatini, haq-huquqlarini ta'minlab berdi, ayolni oliy martabaga ko‘tardi. Erkakka bergan barcha huquq va majburiyatlarni ayolga ham berdi.

   Ayolning eng muhim vazifalaridan biri uning oilasi va farzandlari borasidagi mas'uliyatidir. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mahalla mutaxassislari bilan o‘tkazilgan davra suhbati aynan ana shu mavzuga doir bo‘ldi. Tadbir viloyat "Oila"ilmiy amaliy tadkikot markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda mahalla mutaxassislari uzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Viloyat bosh imom xatibining xotin qizlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi N.Temirova


Kiritilgan vaqti: 26/12/2019 11:40;   Ko‘rilganligi: 956
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/islom-dini-ayolni-oliy-martabaga-kotardi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 18:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing