O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOM XATIBLARNING O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan imom xatib va imom noiblarining fidoiyligi, fuqarolik mas’uliyati va viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga nisbatan faolligini oshirish, ularni mazkur yo‘nalishda lozim bo‘lgan ko‘nikma va tajribalarini mustahkamlashga qaratilgan seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot darslari viloyatning beshta hududida: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlarida olib borildi. Viloyat imom xatiblari besh guruhga bo‘lingan holda, o‘zlariga yaqin hududda seminar mashg‘ulotlariga ishtirok etdilar.

Seminarda O‘zbekistonda Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Samarqand viloyati faollari yig‘ilishida so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyati va ahamiyati, imomlarning yo‘ldan adashgan, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish, jinoyat sodir etishga moil, farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgan va boshqa ijtimoiy xavfli guruhga kiruvchi fuqarolar bilan yakka tartibdagi suhbatlarni amalga oshirish jarayonida o‘z suhbatdoshlariga ijobiy va samarali ta’sir ko‘rsatish yo‘llari va usullari hamda suhbatlar o‘tkazishlari uchun ularga sof islom dini manbalariga muvofiq barcha zarur ma’lumotlarni yetkazish, imomlarning joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi fidoiyligi va mas’uliyatini oshirish choralari va bunga nisbatan o‘rnatilishi lozim bo‘lgan nazorat tizimi kabi bugunning dolzarb mavzulariga qaratilgan ma’ruzalar tinglovchilarga yetkazildi.

Ma’ruzalarni Samarqand viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi X.Normurodov, SamDU, Samarqand davlat chet tillar instituti professar-o‘qituvchilari, “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestik” gazetalari bosh muharriri F.Toshev, X.Olimjon musiqali va drama teatri rahbari B.Sharipov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi M.Boboyorov, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi rahbari X.Muxammedov, Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlari, hududlardagi tuman bosh imom xatiblari kabi qator nufuzli shaxslar, fan arboblari olib bordilar.

Shuningdek, viloyat masjidlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutavallilar ham mashg‘ulotlarga jalb etildi. Ularga maxsus mutaxassislar tomonidan moliyaviy tushumlarni qonunchilikda belgilangan tarzda amalga oshirish hamda bank moliyaviy faoliyati bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Ma’ruzachilar jonli, ta’sirli, hayotiy misollar bilan yo‘g‘rilgan nutqi davomida imom-xatiblarga kerakli bilim va ko‘nikmalarni taqdim etdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/04/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2501
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblarning-oquv-seminari-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 21:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing