Imom xatiblarning mas’uliyati belgilandi
Joriy yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha masjid imom xatiblari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari raisligida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yurtimizdagi tinchlik xotirjamlikni qadriga yetishlik, xozirgi kunda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, imom-xatiblarning faoliyatidagi dolzarb vazifalar, imom xatiblarning ijro intizomiga e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar kabi masalalar keng muhokama qilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 12/09/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1688
Chop etilgan vaqti: 19/01/2025 22:05