O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom-xatiblar peshvolik maqomiga munosib bo‘lishlari kerak!

 
 

 Shu yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning majlisi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilish Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari imom-xatiblik mas'uliyatli va sharafli vazifa ekanini ta'kidlash barobarida ular din va millat rivoji uchun xizmat qilishlari hamda keyingi yillarda diniy-ma'rifiy sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, Muftiy hazratlari Samarqand viloyatida oxirgi yillarda diniy sohada ko‘plab natijalarga erishilgani, hali tizimda ko‘plab qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borligini alohida ta'kidlab, mazkur jarayonda ba'zi imom-xatiblar faoliyatida kamchiliklar kuzatilayotganini misollar bilan keltirib o‘tdilar.


Kiritilgan vaqti: 06/11/2023 12:27;   Ko‘rilganligi: 779
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblar-peshvolik-maqomiga-munosib-bolishlari-kerak
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing