O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOM NOIBLARINING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARI OSHIRILMOQDA

 
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filialida 18 fevraldan  O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat olib borayotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlaridagi imom noiblari uchun “Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash asoslari” malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha 72 soatlik o‘quvlar boshlandi.

Malaka oshirish kursi o‘quv modullarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand davlat universiteti, Hadis ilmi oliy maktabining rahbar xodimlari va salohiyatli professor-o‘qituvchilari tomonidan umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik va mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

20 fevral kuni esa imom noiblari bilan Misrning Al-Azhar universiteti magistratura bo‘limining Usulud din kafedrasi mudiri, Hadis ilmi fanlari doktori, professor, Hadis ilmi oliy maktabi ustozi MAHMUD ABDULLOH ABDURRAHMON ABDULHALIM  “Notiqlik, jamoada o‘zini tutish va etiket qoidalari” mavzusida seminar trening tashkil etildi.  

Dasrlar mazmunan qiziqarli, boyitilgan ma'lumotlar va o‘zaro savol-javob tarzida o‘tkazilmoqda. 

 Mintaqaviy filial direktori J.Ochilov

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/02/2021 17:02;   Ko‘rilganligi: 706
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-noiblarining-bilim-konikma-va-malakalari-oshirilmoqda
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 05:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing