O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom noiblar ilmiy markaz va hadis maktabida bo‘ldi

 
 

Xabar berganimizdek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filialida imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlangan edi.

O‘quv jarayonlarida umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bugun amaliy mashg‘ulot sifatida tinglovchilar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Hadis maktablarida bo‘lib, bu ikki ilm maskanining faoliyati, talabalar va ilmiy xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv mashg‘ulotlarida Samarqand shahardan 17 nafar, Samarqand tumanidan 3 nafar imom noiblari mashg‘ulotlarda qatanashmoqda. Shuningdek, markaz mintaqaviy bo‘lgani uchun Buxoro, Navoiy, Jizzax va sirdaryo viloyatlaridan kelgan imom noiblar ham ushbu markazda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish darslarida ishtirok etmoqda.

      

      

      

      

      

      

O‘MI Samarqand Viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 27/02/2021 14:32;   Ko‘rilganligi: 581
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-noiblar-ilmiy-markaz-va-hadis-maktabida-boldi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 15:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing