Hayitingiz muborak bo‘lsin!
Muborak Ramazon oyi ham nixoyalab katta kichik orziqib kutayotgan hayt bayrami yaqinlashib xalqimiz bayramona kayfiyatda bir birlarini qutlamoqdalar.Alloh taologa beadat hamdu sanolar bo‘lsinki o‘tayotgan ulug‘ oyni ko‘tarinki ruh bilan esda qolarli darajada o‘tkazdik. Viloyatimiz mo‘min musulmonlari ro‘za tutishlik bilan birga taroveh namozlarini ham chiroyli tarzda ado qilishdilar. Shahar va qishloqlarimizda xatmonalar qilinib elu yurtimiz haqiga xayrli duolar qilindi. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali ramazon haqidagi ma’rifiy roliklar har kuni efirga uzatilib xalqimizga havola etilgani kishilarni xursand etdi. Zarafshon gazetasi va shahar tuman gazetalarida ma’rifiy maqolalarning chop etilishi ham gazetxonlarni mamnun qildi. Viloyat bosh imom xatibligi boshchiligida jami qirq to‘rt million so‘mlik mablag‘ kam taminlangan oilalarga moddiy yordam sifatida tarqatildi. Undan tashqari qariyalar uyiga va bolalar uyiga saxovatlar qilindi. Misol tariqasida 114-son maxsus maktabgacha ta’lim muassasiga Imom A’zam masjidi tamonidan 40 ta stul, 10 ta stol, 6 ta maxsus mashq bajaradigan stul va 5 dona gilam berildi. Xayit savg‘olari azal azaldan bobolarimizdan meros bo‘lib kelmoqda ishonamizki bizdan keyingi avlod ham bu muborak ishni bizdanda chiroyliroq qilib bajaradilar. Qolaversa barcha qabristonlarda bayram oldi hashar uyishtirilib ziyoratchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Fursatdan foydalanib viloyat bosh imom xatibligi tomonidan xalqimizni ramazon xayiti bilan qutlaymiz. Elimiz tinch vatanimiz obod xonadonlarimiz xursandchilikka to‘lsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar.
Xursandchilik ustiga yana katta xursandchilik bo‘lib, muborak Ramazon hayitini munosib o‘tkazish to‘g‘risida muhtaram Prezidentimizning 2016 yil 1 iyuldagi qarori e’lon qilindi. Quyida mazkur qarorning purmano matnini havola etamiz;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2016 yil 6 iyul dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2016 yil 1 iyul
Kiritilgan vaqti: 02/07/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 4514
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 21:41