O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

HASHARGA KELING (imomlarimiz paxta dalalarida hasharda)

 
 

Paxta­ ­­­– milliy iftixor, davlat iqtisodiyoti tayanchi va kundalik turmushda doimiy ehtiyoj tushadigan bebaho boylikdir. Har yili oq oltinni yig‘ib olish vaqtida millat birdamligi, o‘zaro hamjihatligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Joriy yilda ham Yaratganning inoyati bilan qiyg‘oz ochilgan paxta dalalari o‘zra terimchilar g‘animat ob-havolardan unumli foydalanish maqsadida etaklarni ko‘targan holda oshiqdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilli va viloyat imom xatiblari ham paxta yig‘im-terimiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Yurtdoshlarimizni milliy boyligimiz-oq oltinni nest-nobut qilmay terib olishda yanada jonbozlik ko‘rsatishga chorlab qolamiz

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1592
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/hasharga-keling--imomlarimiz-paxta-dalalarida-hasharda-
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing