HAR BIR MASJID YIGIRMA BESh XONADONGA
Mustaqillik arafasida Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi masjidlar imom xatiblari tomonidan homiylarni jalb qilgan holda “har bir masjid yigirma besh xonadonga” tamoili ostida qator xayriya ishlari amalga oshirildi. Jumladan:
29 avgust kuni Jomboy tumani bosh imom xatibi Xayrullo Sattorov tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda tuman umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan, yigirma beshta kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalar farzandlariga yangi o‘quv yilida namunali ta’lim olishlari uchun zaruriy kiyim-kechaklar, o‘quv qurollari olib berildi.
****
Samarqand tuman “Arabxona” jome masjidi imom xatibi Ravshanxon Azizov homiylar ko‘magi asosida istiqlolning 25 yilligi munosabati bilan Samarqand tumani Arabxona mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan, istiqlol hamyoshi 25 yoshli Erkin Ismoilovni uylantirish tashabbusi bilan chiqdi. Shunga muvofiq 30 avgust kuni mahalla yoshu qarilariga dasturxon yozilib, ikki yoshga uzoq umr, baxtu saodat, yurtimizga manfati tegadigan namunali oilalardan bo‘lishlari tilab qolindi.
****
30-31 avgust kunlari Shohi Zinda jome masjidi xodimlari tomonidan masjid atrofida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, yoshi keksalar, mehnat faxriylariga oziq-ovqatlar, sovg‘a-salomlar taqdim etildi. Bayram bilan tabriklab, ko‘ngillari ko‘tarildi.
****
30 avgust kuni Kattaqo‘rg‘on tuman "Yangi Ravot" jome masjidi va shu masjid joylashgan Qiyot MFY bilan hamkorlikda xomiylarni jalb qilib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 25 xonadon holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 01/09/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3522
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 17:05