HAJ-2016 MAVSUMI GURUH RAHBARLARI YIG‘ILISHI
Joriy yilning 8 avgust kuni Samarqand viloyati vakilligi binosida “Haj-2016” mavsumida Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatuvchi guruh rahbarlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari M.Yo‘ldoshev, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A.Shakirov va guruh rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda guruh rahbarlari tomonidan rioya etiladigan qonun-qoidalar, ularning burch va mas’uliyatlari, haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning guruh rahbarlariga taalluqli bo‘lgan jihatlari atroflicha yoritildi.
Shuningdek, safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham guruh rahbarlariga ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida mutasaddilar guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.
Yig‘ilish 9 avgust kuni ham davom etadi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 08/08/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3024
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 21:37