Hafta otinoyilar uchun sermahsul o‘tdi
Ma’lumki jamiyat orasida ayollarning diniy-ma’rifiy ongini yuksaltirish, turli bid’at xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning salmoqli o‘rni bor. Shunga binoan hafta davomida viloyatimiz otinoyilari oldilarida turgan vazifalarni to‘laqonli bajarishga intilgan holda sermahsul faoliyat olib bordilar
Joylarda mahalla fuqarolar yig‘inlari, umumta’lim maktablar, “oila” markazlari, “Nikoh” uylarida bo‘lib o‘tgan yig‘inlar, tadbirlar, yakka tartibdagi suhbatlar asnosida qaynona-kelin munosabatlari, to‘ylarni tejamkor o‘tkazish, oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish, farzand tarbiyasi kabi dolzarb mavzularda suhbatlar o‘tkazildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etishga doir choralar ko‘rildi.
Tadbirlar davomida turli ijtimoiy qatlamga mansub 3395 nafar ayol-qizlar qamrab olindi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 27/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1733
Chop etilgan vaqti: 18/04/2025 05:54