O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hadis ilmi maktabida ustozlar va ijodiy xodimlar tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etilgan kitoblarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

 
 

Bugun Hadis ilmi maktabida ustozlar va ijodiy xodimlar tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etilgan kitoblarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev, masjidlardan kelgan imom-domlalar va maktabning ustozlar va talabalar jamoasi ishtirok etdi. Tadbir avvalida maktab rektori Olimxon Isaxon o‘g‘li Yusupov so‘z olib, o‘tgan yil mobaynida maktabning ilmiy-ijodiy xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar haqida ma'lumot berdi.

Zayniddin domla Eshonqulov o‘z so‘zida “Sahihi Muslim” kitobining tarjima qilinib, nashrdan chiqarilgani mamlakatimizning din sohasida katta voqea bo‘lganini e'tirof etdi. Fazilatli shayx, Al-Azhar universiteti doktori Jamoluddin Hoshim esa xuddi mana shu kabi muhim ahamiyatga molik ishlar O‘zbekiston davlatining rahbari ilgari surayotgan uchinchi renessans davrini vujudga keltirishda muhim pillapoya bo‘lib xizmat qilishini ta'kidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev jamoani kitob bilan qutlab, bu natijalar maktabda ta'lim-tarbiya jarayonlari bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari, ijodiy munosabatlar ham barhaqligidan dalolat ekanini qayd etib o‘tdi.

Kitobni tarjima qilishda jonbozlik ko‘rsatgan ustozlar Oybek domla Hoshimov hamda Mahmudjon domla Abdurahmonovlar ijod mashaqqatlari, tarjima zahmatlari haqida gapirib berishdi. Shu ishga kamarbasta bo‘lganliklari va xizmatlarining nishonasini o‘quvchilarga taqdim etayotganlaridan behad minnatdor ekanliklarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida mehmonlarga mazkur kitoblar hadya qilindi.


Kiritilgan vaqti: 16/01/2024 15:57;   Ko‘rilganligi: 372
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/hadis-ilmi-maktabida-ustozlar-va-ijodiy-xodimlar-tomonidan-nashrga-tayyorlanib-chop-etilgan-kitoblarning-taqdimot-marosimi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 01:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing