O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Faol mutaxassislarga sertifikat berildi

 
 

Xabar berganimizdek, shu yil 22-27 noyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlar idorasida Qoraqalpog‘iston qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari kadrlar va tashkiliy masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilim va malakalarini oshirdi.

Ushbu kurs O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi vakilliklar – Qoraqalpog‘iston qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklarida ish samaradorligini oshirish, amaldagi qonunchiligikdagi o‘zgarishlardan xabardor etish, vakilliklarning kadrlar va tashkiliy masalalari bo‘yicha mutaxassislarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Darslarni “Yurist va kadr” nodavlat ta'lim muassasasi ta'sischisi Saidali Muxtoraliyev boshchiligidagi amaliyotchi huquqshunoslar olib borishdi. Unda tinglovchilar mehnat sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, sohani tartibga soladigan boshqa huquqiy manbalar, korxona va tashkilotlarda kadrlar xizmati faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish masalalari bo‘yicha bilim va malaka olishdi.

Bir haftalik malaka oshirish kursi davomidagi darslar qizg‘in munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar faol bo‘lishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/11/2021 11:09;   Ko‘rilganligi: 905
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/faol-mutaxassislarga-sertifikat-berildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing