O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Facebook va Twitter tarmoqlaridagi do‘stlar

 
 

Bir bilimdon kishidan so‘rashibdi: “Facebookda eng yaxshi do‘st kim?”.

Biroz jim turib, so‘ng javob beribdi: “U bilan kam gaplashsangiz koyimaydigan, “biror sababi bordir”, deya yaxshi gumon qiladigan, sizni rasm bilan belgilamaydigan, guruhlarga qo‘shib qo‘ymaydigan, siz bilan biror fikrda bahslashganda darrov arazlashga, jahl qilishga o‘tmaydigan, sizni “blokirovka” qilib qo‘ymaydigan, aksincha ko‘p bahslashishi sizga bo‘lgan yaqinligini, mehrini, hurmatini ko‘taradigan do‘st Facebookdagi eng yaxshi do‘stdir”

Keyin yana so‘rashibdi: “Eng yomon do‘st kim?”.

“Yomon xislatlar haqida qo‘ygan hamma postda siz uni nazarda tutgansiz deb o‘ylaydigan, gapingizni eng yomon ma'noda qabul qiladigan, gapingizning agar yetmishta to‘g‘ri ma'nosi bo‘lsa, hammasini qo‘yib, yomon ma'noda tushunib oladigan odam – eng yomon do‘st”.

Keyin bularning hammasidan ham yomonroq narsa haqida so‘rashibdi.

Ko‘zlari yoshga to‘lib debdiki: “Kimdirdan sadoqatni kutsang-u, u sendan yuz o‘girsa, sadoqatga muvofiq ish qilmasa mana shu eng og‘ir holat!

Ba'zilar sadoqatni pulga sotib olsa bo‘ladi deb o‘ylaydi. Aslida bitta qalin do‘stga erishishga ketkazgan yillaringizda Facebook va Twitterda minglab do‘stlar orttirsangiz bo‘ladi.

Odamlar bilan yaxshi do‘stlik rishtalarini bog‘lash hozirgi kunda juda oson, bitta tugmani bosasiz, qarabsizki bitta do‘stingiz bor. Biroq bu haqiqiy do‘stmi?

Ma'lum bir shirkat yoxud mavqe' egasi bo‘lmasangiz, Facebookda tanimagan odamlaringizni o‘zingizga qo‘shmang, faqat tanishlaringiz bilan gaplashing. Chunki tanimagan odam sizning manzilingizga sizga loyiq bo‘lmagan rasmni tashlab qo‘yishi yoki noo‘rin kommentariyalar yozib qo‘yishi mumkin.

Begona odamlar bilan tanishish bilan vaqtingizni ketkazmang, chunki narigi tarafda turib sizga yozayotgan odam kim ekanini bilmaysiz, hatto u ayol kishi bo‘lishi ham mumkin!”.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G‘iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.


Kiritilgan vaqti: 24/02/2024 09:29;   Ko‘rilganligi: 147
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/facebook-va-twitter-tarmoqlaridagi-dostlar
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 02:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing