O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ezgulik va savob yo‘lida o‘zaro yordamlashing!

 
 

Xabaringiz bor, 27 aprel kuni yurtimizga Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib keldi va Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga katta zarar yetkazdi. Ayniqsa, hodisadan buxoroliklar ko‘proq jabr ko‘rdi.

Shuningdek, 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining devorida suv chiqishi natijasida Sardoba tumani aholi yashash punkti jiddiy zarar ko‘rdi.

Bu ikki hodisa odamlar turmushi, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 

Xalqimiz azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bugungi qiyin sharoitda ham xalqimizning mana shu olijanob fazilatlari yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.  

Ushbu ezgu maqsadlar ila muborak ramazon oyining mag‘fiat dahasida Yaratgandan savob umidida bugun, 3 may kuni Samarqand viloyati vakilligi tomonidan xomiylarni jalb etgan holda joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatida yuzaga kelgan favqulodda holat oqibatida aziyat chekkan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, insonparvarlik yuklari ortilgan o‘n bitta yuk moshinasi va o‘nta yengil moshinalar bilan ushbu viloyatga junab ketdi.  

  Yuborilgan mazkur insonparvarlik yordamining umumiy miqdori 105 million so‘mdan ziyod bo‘lib, uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari –un,  shakar,  o‘simlik yog‘i, choy, makaron, guruch va qishloq xo‘jalik maxsulotlari shuningdek, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari, dori-darmon va boshqa kundalik birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar mavjud.

         Alloh taolo boshiga sinov kelganlarga sabr toqat berib, xalqimiz orasidagi mehr-oqibatni mundanda mustahkam aylasin. Zero mehr-oqibatili jamiyatga Yaatganing rahmatlari yog‘iladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/05/2020 10:34;   Ko‘rilganligi: 906
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ezgulik-va-savob-yolida-ozaro-yordamlashing
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 01:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing