O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Eng ma'rifatli imom” tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

 
 

Har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi imom-xatiblar, imom noiblar ishitrokida kuchli ilmiy salohiyatga ega, yuqori kasbiy mahorat sohibi bo‘lgan, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, ishbilarmon, zamon axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng iqtidorli, faol imom xatiblarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantirish maqsadida “Eng ma'rifatli imom” tanlovi o‘tkazib kelinadi. Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida ushbu tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatidan Tayloq tumani “Juma bozor” jome masjidi imom-xatibi Abulsaidov Samariddin domla ishtirok etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/12/2019 13:01;   Ko‘rilganligi: 953
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/eng-marifatli-imom-tanlovi-bolib-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 01:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing