O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ehtiyojmand oilalar ko‘nliga xursandchiliklar ulashildi

 
 

Bugun, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan bir qancha imom-xatiblar tomonidan aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ehson tariqasida tarqatdilar.

Jumladan, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Payariq tumani “Xo‘ja Ismoil” MFYda yashovchi, nogironligi bor, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va keksa bemorligi bor 3 nafar oilalar holidan xabar olib, ularga “Ramazon hadya” larini ulashdi.
Qolaversa, Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansurjon domla Abduxoliqov vakillik xodimlari H.Temirov va M.Muzrapovlar bilan birgalikda tumandagi “Ahmad Yassaviy” MFYda yashovchi, 1-guruh nogironi T.Ravshanov oilasiga tashrif buyurdilar hamda ushbu xonadonda tashkil qilingan kamtarona iftorlik dasturxonida ishtirok etdilar.
Mazkur tardbirlar davomida kam ta'minlangan oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilib, qalblariga quvonch ulashildi.


Kiritilgan vaqti: 18/03/2024 15:48;   Ko‘rilganligi: 64
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ehtiyojmand-oilalar-konliga-xursandchiliklar-ulashildi
Chop etilgan vaqti: 30/04/2024 10:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing