Ehson qiluvchilar uchun katta mukofot bordir
Muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish ham farz, ham qarz amallardandir. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali rahbari Aziz Sultonov hamda filial tasarrufidagi “Murod Avliyo” masjid ziyoratgohi tomonidan shahardagi Afrosiyob, Yangiravot MFYlarda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq ovqat mahsulotlari va pul mablag‘lari ehson qilindi.
Alloh taolo ehson qilishning ulkan ajri haqida shunday xabar began:
“(Ey insonlar)... Bas, sizlardan imon keltirgan va ehson qilgan zotlar uchun katta mukofot bordir” (Hadid, 7),
Alloh taolo saxovat sohiblarini ana shunday mukofotlarga noil etsin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 25/03/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1661
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 19:33