O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

DUNYO ULAMOLARI MUROJAATI NOMLI KITOB TAQDIMOTI

 
 

2016 yilning 20 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan tashkil etilgan viloyatda faoliyat olib borayotgan rasmiy din vakillarining diniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi bilimlarini oshirish hamda ularning dunyoqarashlarini kengaytirishga qaratilgan uch kunlik o‘quv-seminar mashg‘ulotlarining ikkinchi kunida barcha hududlar bo‘ylab “Dunyo ulamolari murojaati” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tish joizki seminar darslari viloyatning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlarida olib borilmoqda.

Taqdimotni Urgut tumanida Imom Buxoriy xalqaro markazi direktor o‘rinbosari Baxtiyor To‘rayev, Samarqand shahrida markaz ilmiy kotibi Shukrullo Umarov, Pastdarg‘om tumanida manbashunoslik bo‘limi mudiri Olimxon Yusupov, Kattaqo‘rg‘on shahrida hadisshunoslik bo‘limi mudiri Yo‘ldoshxon Isayev, Payariq tumanida malaka oshirish bo‘limi mudiri Toxir Ivadullayevlar olib bordilar.

Taqdimot kitobga oid ulamolar fikrlari, slaydlar asosida olib borildi. Ma’ruzachilar kitobda yurtimiz va dunyo ulamolarining turli yot oqimlar, buzg‘unchi kuchlarga qarshi bildirgan juda muhim fikrlari jamlangani, shuningdek ushbu kitobda, dunyoning bugungi kunda e’tirof etilgan zabardast ulamolari tomonidan islom dinining musaffoligini saqlash, turli-tuman tuhmatlardan, e’tiqodimizga butunlay zid, dinimizga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan gap so‘zlardan himoya qilish maqsadida berilgan fatvolari, ma’ruzalaridan namunalar keltirilgani aytib, qisqacha iqtiboslar keltirib o‘tdilar.

Taqdimot asnosida tinglovchilar o‘zlari uchun o‘ta kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/07/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3711
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/dunyo-ulamolari-murojaati-nomli-kitob-taqdimoti
Chop etilgan vaqti: 11/12/2024 23:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing