Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Maxsudov Davronbek Rustamovich Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Maxsudov Davronbek Rustamovich 2004-2012 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, 2012-2018 yillar - Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshligi, Islomshunoslik kafedrasi mudiri, 2018-2020 yillar - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri hamda hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kiritilgan vaqti: 03/02/2022 09:09; Ko‘rilganligi: 933
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:00