O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

DEKABR OYI YIG‘ILISHI

 
 

2016 yil 13 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imomlari hamda Samarqand shahar imom xatiblari ishtirokida navbatdagi oylik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islamov va bosh imom xatib o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov olib bordi.

Yig‘ilishda masjidlarda qish fasliga mos sharoitlarni doimiy ta’minlash, ibodat uchun qulay sharoitlar hozirlash, O‘zbekiston musulmonlari idorasining nashri hamda mahalliy nashrlarga obuna bo‘lishdagi faollikni oshirish, imomlar faoliyati samaradorligini ko‘tarish kabi qator masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, majlisda viloyatda xizmat safari bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasining huquqshunosi Ikromjon Mardonov ham mehmon sifatida ishtirok etib, masjid sharoitini yaxshilash va imomlar faoliyatini jonlantirishga doir o‘zining maslahat va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida imom xatiblarga yil yakuni va yangi yilga tayyorgarlik ko‘rishga doir topshiriqlar berildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/12/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2629
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/dekabr-oyi-yigilishi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 16:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing