O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Chekka hududlardagi imom-xatiblar holidan xabar olindi

 
 

Hozirgi og‘ir paytda aholimizning yordam va ko‘makka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish haqidagi tashabbusni xalqimiz, jamoatchiligimiz ko‘tarinki ruhda, qizg‘in kutib olgani barchamizni, albatta, xursand qiladi.

Bu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kuni kecha  viloyat bosh imom-xatibi boshchiligida Ishtixon, Kattaqurg‘on, Qo‘shrabot, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi tumanlarining chekka huddlarida faoliyat yuritayotgan 49 nafar imom-xatiblar holidan xabar olinib, Ramazoni sharif oyida imom-xatiblar xonadonlariga quvonch, dillarga xotirjamlik, fayzu baraka baxsh etish maqsadida 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari xonadonlariga yetkazib beridi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/04/2020 11:59;   Ko‘rilganligi: 925
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/chekka-hududlardagi-imom-xatiblar-holidan-xabar-olindi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 08:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing