Chekka hududlarda joylashgan masjidlar faoliyati bilan tanishuv bo‘ldi
Ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash- bugungi kunning talabidir. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish esa diniy soha vakillari, ayniqsa, imom-xatiblar faolligi bilan chambarchas bog‘liq.
Joriy yilning 25 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining ish rejasi asosida aholi kam bo‘lgan va chekka hududlarda joylashgan masjidlar faoliyati bilan yaqindan tanish, namozxonlar bilan uchrashish maqsadida viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari X.Sattarov Urgut tumanida bo‘lib, “Boybul” jome masjidi faoliyati bilan tanishdi. Masjidda olib borilayotgan obodonchilik va ta'mir ishlari, imom-xatibning jamoatchilik bilan munosabatlari, shuningdek, masjid hujjatlarining yuritilishi kabi faoliyatlar bilan tanishish bo‘ldi.
O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmiti
Kiritilgan vaqti: 25/12/2019 17:51; Ko‘rilganligi: 925
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 09:43