O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizga ehtirom

 
 

Har bir inson yurt farovonligi, obodligi, din, ta'lim, fan va madaniyatning rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, Shamsuddin qozi, Jaziriy, Shayx Buxoriy va boshqa ko‘plab mashhur olim va ulamolarni o‘ziga rom qilib olgan buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning 686 yilligi keng nishonlanmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyatida ham u zotga hurmat ehtirom ko‘rsatish maqsadida, buyuk bobokalonimiz Amir Temur maqbarasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov hamda keng  jamoatchilik vakillari ishtirokida u zotning ruhlarini shod qilish maqsadida Qur'on tilovatlari o‘qilib, qurbonliklar qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/04/2022 12:46;   Ko‘rilganligi: 411
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/buyuk-sarkarda-sohibqiron-amir-temur-bobomizga-ehtirom
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing