O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov SamDU (Samarqand davlat universiteti) tashkil etilganligining 600 yillligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

 
 

 Ma'lumot uchun, Registon maydonidagi me'moriy majmuaning tarkib topishi Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlangan. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Bugungi kunda esa mazkur oliygohda O‘rta Osiyoning  turli hududlaridan kelgan 30 000 dan ziyod talaba yoshlar tahsil olmoqda.

Tadbirga xorijiy nufuzli mehmonlardan Nobel mukofoti laureati, AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar, Istanbul universiteti rektori Mahmud AK (Turkiya) va mazkur oliygohda ta'lim olgan professor o‘qituvchilar hamda viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan xorijiy martabali mehmonlar - AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar va Istanbul universiteti rektori Mahmud AK janoblariga hamda SamDU (Samarqand davlat universiteti) ning axborot-resurs markaziga Muftiy Usmonxon Alimov rahimahullohning xotiralariga bag‘ishlab Turkiya bilan hamkorlikda nashr etilgan “Qur'oni Karim va O‘zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi” kitobidan hadya etildi.

Tadbir so‘ngida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla mazkur oliygohning yana ko‘p yillar yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularning ongu-shuurini yuksak ma'naviyat, ma'rifat yog‘dulari bilan yoritish yo‘lida xizmat qilishini Allohdan so‘rab, xayrli duolar qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat


Kiritilgan vaqti: 21/09/2021 12:10;   Ko‘rilganligi: 661
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bugun-viloyat-bosh-imom-xatibi-zayniddin-domla-eshonqulov-samdu-samarqand-davlat-universiteti-tashkil-etilganligining-600-yillligi-munosabati-bilan-otkazilgan-tadbirda-ishtirok-etdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing